Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Deputat hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi hamkorlikda o'rganish ishlari olib borildi.

Deputat hamda kotibiyat mutaxassisi hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 9-Ulug‘bek saylov okrugi deputati Sultonova O‘g‘iloy hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Choriyeva Mahliyo hamkorligida hududda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi Qodirova Nodira hamda xotin-qizlar faoli Bobomurodova Shaxnoza faoliyati atroflicha tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PF–81-son Farmoni talablari asosida ishlar o‘rganildi.Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mahallada jami 745 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Ular bilan ishlash yo‘nalishida 10 ta turli uchrashuv va tadbirlar tashkil etilgan bo‘lib, yoshlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.Shuningdek, o‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib ko‘rib chiqildi, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar natijasida hududda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1