Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
Chinoz tumani.Hududdagi investitsiya bo'yicha holat o'rganildi

Hududdagi investitsiya bo'yicha holat o'rganildi

🔷Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 8-Gulzarobod saylov okrugidan saylangan deputat Muqim Erxo‘jayev nomidan, Kengash kotibiyati mudiri Asqar Baxramov tomonidan hududda investitsiya yo‘nalishidagi ishlar holati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida tuman hokimligining Investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish sho‘basi bosh mutaxassisi M. Qodirov bilan hamkorlikda ish olib borildi. Jumladan, Oydin MFY hududida Xitoy Xalq Respublikasi investorlari tomonidan tashkil etilgan “Xengfey” MChJ XK faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹Mazkur korxona tomonidan umumiy qiymati 12,0 million AQSh dollariga teng bo‘lgan zamonaviy isitish tizimlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda 10 turdagi isitish radiatorlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada jami 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni 2 smenada tashkil etilgan.

🔷Shuningdek, korxonada ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5