Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
deputat_vazifalaridan
Navoiy viloyati sanoatida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish

Navoiy viloyati sanoatida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyaning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida hudud sanoatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — iqtisodiy va sanoat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, delegatsiya uchun hududning ishlab chiqarish salohiyati, mavjud infratuzilmasi va eksport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish muhim ahamiyat kasb etdi.

Tashrif davomida delegatsiya sanoatni rivojlantirish komplekslari faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, Karmana tumanida joylashgan sanoat maydonida “Unigroup Navoiy” korxonasining dastlabki loyihalari ishga tushirildi. Ushbu loyihalar hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy korxonaning ishga tushirilishi viloyat sanoatidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bu kabi innovatsion loyihalar mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytiradi.

Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi yana bir ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilishi hududda sanoat infratuzilmasining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Mazkur jarayonlarga munosabat bildirgan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzayev bu kabi tashabbuslar hudud iqtisodiyoti uchun muhim ekanini ta’kidlab, xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishi, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligi oshishiga xizmat qilishini qayd etdi.

Uning fikricha, bu kabi yirik loyihalar nafaqat Navoiy viloyati, balki butun mamlakat sanoat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1