Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
"O‘zbekiston" mahallasida I chorak sarhisobi: bandlik va tadbirkorlik e’tiborda
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Muammo nazoratga olindi: “Tinchlik” mahallasidagi chorraha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
MAHALLA UYG‘ONDI YOKI....

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat Q.Bobojonov yil boshida Parchayuz mahallasidagi uchrashuvda mahalla “yettiligi”ni aholining imkoniyat va kuchidan foydalanilmayotganligi, odamlarda boqimondalik kuchayib borayotganligini tanqid etgandi. Deputat tanqidi “yettilik”ni va mahallani uyg‘otdi.

Bir oydan buyon mahallaning ko‘chalarida katta hasharlar tashkil qilinib shu kunga qadar  Ma’rifat, Tinchlik ko‘chalarida 1300 metr piyodalar yo‘lagi hashar yo‘li bilan bunyod etildi. Aholi o‘zlariga o‘zlari qulaylik yaratdilar.Hashar odamlarni birlashtirdi, uyushtirdi, yangi rejalar sari yetakladi.

Parchayuzliklar 2026 yil 2-mavsumda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lishni niyat qilganlar.

Slide 1 of 3