Yig‘ilish avvalida deputat bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar va qabul qilinayotgan tarixiy qarorlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
▫️Ayniqsa, Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni asosida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini saylovchilar bilan o‘rtoqlashdi.
✔️Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, eski va yaroqsiz holga kelib qolgan elektr ustunlarni yangisiga almashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirilib, aniqlangan barcha kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilishi belgilanib olindi.
💬"Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar zamirida xalqimizning farovon hayoti, har bir fuqaroning hayotidan rozi bo‘lib yashashi turibdi. Biz deputatlar ushbu islohotlar ruhini har bir mahallaga olib kirishga mas’ulmiz," — dedi deputat T.Berdiyev.