Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

 Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Turopova Dilbar Toji qizi ishtirokida “Qurama” mahallasida olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan:  

  • hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,  
  • ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash,  
  • aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,  
  • kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,  
  • jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.
     

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5