Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Deputatlar nazoratida: “Qahramon” MFYda maktab qurilishi boshlandi

Deputatlar nazoratida: “Qahramon” MFYda maktab qurilishi boshlandi

Xalq manfaatini ko‘zlab chiqarilgan deputatlik so‘rovlari shunchaki qog‘ozda qolib ketmaydi. Buning isbotini bugun Termiz tumanidagi o‘rganishlar davomida ko‘rish mumkin.

Tashrif tafsilotlari: Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Salomat Nazarova, Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov, kotibiyat mudiri A.Avliyokulov hamda deputatlar Sh.Norsayev va S.Xakimovlar birgalikda tumandagi “Qahramon” MFY hududida bo‘ldilar.

Asosiy maqsad: Ushbu hududda yangi umumta’lim maktabi qurilishi bo‘yicha deputat S.Xakimov tomonidan chiqarilgan so‘rov ijrosini ko‘zdan kechirish. Ta’kidlash joizki, tumanning bo‘lib o‘tgan 17-sessiyasida mazkur loyiha bo‘yicha chiqarilgan deputatlik so‘rovning natijasi haqida hozirgi kun haloti haqida savol javoblar bo‘lib o‘tgan edi.

O‘rganish natijalari:

O‘rganish davomida ma’lum bo‘ldiki, ayni vaqtda:

Yangi maktab qurilishi uchun yer maydoni to‘liq ajratilgan;

Loyiha doirasida 330 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi hamda 12x24 o‘lchamdagi keng va shinam sport zali qurilishi ishlari jadal boshlab yuborilgan.

Deputatlar qurilish maydonida bo‘lib, ish sifati va muddatlari bilan yaqindan tanishdilar. Bu kabi loyihalar hududdagi yoshlarning zamonaviy bilim olishlari va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

"Biz uchun asosiysi — qog‘ozdagi hisobot emas, balki qishloq yoshlarining zamonaviy va xavfsiz maktabda ta’lim olishidir. Bu loyihaning har bir kuni bizning nazoratimizda bo‘ladi," — deya ta'kidlashdi deputatlar.

Slide 1 of 5