Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Deputat so‘rovi va ijro: “Qahramon” MFYdagi maktab qurilishi – nazoratda

Deputat so‘rovi va ijro: “Qahramon” MFYdagi maktab qurilishi – nazoratda

Xalq deputatlari tomonidan yuborilgan har bir deputatlik so‘rovi ortida aholining uzoq yillik orzu-intilishlari va dolzarb ehtiyojlari mujassam. Termiz tumanidagi “Qahramon” MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan 330 o‘rinli zamonaviy maktab hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zali loyihasi ana shunday muhim tashabbuslardan biridir.

Mazkur obyekt bo‘yicha qurilish ishlarining kechikayotganligi yuzasidan yo‘llangan deputatlik so‘roviga tuman hokimligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, kechikishning asosiy sababi maktab qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining toifasi yaylov ekanligi bilan bog‘liq. Amaldagi tartibga muvofiq, bunday yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlashdan oldin yer fondi toifasini o‘zgartirish talab etiladi. Hozirda ushbu masala bo‘yicha tegishli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasiga taqdim etilgan bo‘lib, jarayon yakuniy bosqichga yetib kelgan.

Shu bilan birga, yer masalasi hal etilishini kutib turish jarayonida boshqa tashkiliy ishlar ham izchil davom ettirilmoqda:

maktab binosi va sport zalining loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilib, yakunlangan;

qurilish ishlarini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tender savdolari rasman e’lon qilingan.

Mazkur loyiha deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Yer masalasi ijobiy hal etilishi bilan qurilish ishlarini tezkor boshlash, jarayonni jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.

Eng muhimi, ushbu muhim ijtimoiy obyektning barpo etilishi hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4