Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 20-24-aprel)
янв.21
"Do‘stlik" mahallasi nazoratda: infratuzilma va yakunlanmagan qurilishlar tahlil qilindi
янв.21
"Ma'rifat" mahallasi deputat nazoratida
янв.21
Murojaat va natija: "Alpomish" mahallasidagi muammolar hal etilmoqda
янв.21
"Mehrobod" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-17-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
Fuqarolar murojaatlari — amaliy yechimlar sari muhim qadam

Fuqarolar murojaatlari — amaliy yechimlar sari muhim qadam

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi raisi, “9-Jurjoniy” okrugi deputati Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okrug hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv I-chorak axborotini taqdim etish hamda hududdagi dolzarb muammolarni bevosita aholi bilan muhokama qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Davlatobod” MFYda bo‘lib o‘tgan mazkur qabulda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi S.Irgashev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq va muloqot shaklida tashkil etilib, fuqarolarga o‘z muammolarini bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi.

Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosan ijtimoiy infratuzilma va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq. Xususan, xonadonlarga quyosh panellarini o‘rnatish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash hamda hududdagi 490-sonli DMTT binosini ta’mirlash masalalari eng dolzarb muammolar sifatida ilgari surildi.

Bu holat hududda mavjud muammolar tizimli xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yo‘l infratuzilmasi va ijtimoiy obyektlarning texnik holati bo‘yicha muammolar uzoq muddat davomida to‘planib qolganini anglash mumkin. Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish maqsadida quyosh panellariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani ham e’tiborga loyiq.

Uchrashuv davomida kotibiyat xodimlari tomonidan fuqarolarga har bir masala yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Eng muhimi, bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi alohida ta’kidlandi. Bu esa muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularni amaliy hal etish mexanizmlarini ishga tushirish zarurligini anglatadi.

Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar nafaqat aholi muammolarini o‘rganish, balki ijro intizomini mustahkamlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tanqidiy baholash va ularni aniq natijaga yo‘naltirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarni deputatlik nazoratiga olish — hududlarni barqaror rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Endilikda esa asosiy vazifa ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 7