"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari M.Akramova va U.Sodiqov, shuningdek kotibiyat bosh mutaxassisi I.Qaxorov tomonidan Ziynat MFY okrugida deputatlarning muhim ko‘rsatkichlari 22-bandi — “Aholi bandligi masalalari” yuzasidan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligi, fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
🔹Uchrashuvda hudud aholisining bandlik darajasi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🔹Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.