Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
DEPUTAT NAZORATI

Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jo‘rayevich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “To‘xtamish”
mahallasida olib borildi.
 

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan:  

  • hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,
  • ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash,  
  • aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,  
  • kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,  
  • jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.
     

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi. 

  Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5