Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
Aholi murojaati asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Chilonzor tumani, Katortol-1 mavzesi, 1-tor ko‘chasi, 27-uyda yashovchi fuqaro Hamidullayev Xo‘jiakbar Lutfullayevich (2002-yilda tug‘ilgan), Rahmatullayeva Dilafruz Ulug‘bekovna (25.12.1978-yilda tug‘ilgan) hamda Rahmatullayev Lutfulla (03.09.1974-yilda tug‘ilgan)lar tomonidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashidovna nomiga murojaat kelib tushgan.

Murojaatda mazkur xonadon a’zolarining bandlik masalasi yuzasidan amaliy yordam so‘ralgan. Hozirgi kunda xonadonda faqat Hamidullayeva Nozima mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

Mazkur murojaat asosida deputat tomonidan Chilonzor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayev Jamoliddin Jalol o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ushbu oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ularga mos bo‘lgan ish o‘rinlarini aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur choralar belgilandi

Slide 1 of 3