👥Mazkur jarayonda viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi deputati I.Tangirov ishtirok etishdi.
⏺O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
💬Muassasa tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahatlarning sifati va samaradorligi;
💬Kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili va ularni ijobiy hal etish darajasi;
💬Aholining huquqiy muammolarini masofadan (onlayn) va joyiga chiqqan holda hal etish mexanizmlari.
💬Muloqot davomida deputatlar “Madad” muassasasi xodimlari bilan aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar va hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
🫥Maqsad bitta — har bir fuqaroning huquqiy himoyasini ta’minlash va adolatli jamiyat barpo etishda nodavlat sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanish.