Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Mahallada aholi bilan muloqot – muammolarga yechim sari muhim qadam

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Do‘squlova Dilbar hamda mahalla faollari tomonidan Nurli Pangat mahallasida aholi bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etildi. Ular xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar holidan xabar oldi, turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy, maishiy va infratuzilmaviy muammolar tinglanib, har bir murojaat e’tibor markaziga olindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar joyida qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish orqali hududda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 1