Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahallabay ishlash tizimi: Deputat mas’ullar faoliyatini o‘rgandi

⏺Deputat mahalladagi hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning kundalik ish jarayoni, aholi murojaatlari bilan ishlash holati va amalga oshirilayotgan manzilli choralarni tahlil qildi.

💬Xususan: 

🔅Hokim yordamchisi bilan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kredit va subsidiyalarning maqsadli yo‘naltirilishi ko‘rib chiqildi;

🔅Ijtimoiy xodim faoliyati doirasida ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va tezkorligiga e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida deputat tomonidan faoliyat samaradorligini oshirish, "Ijtimoiy reyestr" bilan ishlashda shaffoflikni ta’minlash hamda har bir murojaatga individual yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2