O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-53-V-son qarori bilan tasdiqlangan tartib talablariga muvofiq, 2026 yilning I choragida deputatlik so‘rovlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔸Yig‘ilishda:
🔺 Tuman tashkilotlari tomonidan deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holati
🔺Qaror talablariga rioya etilishi
🔺Mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha ko‘rib chiqildi.
👍 Ta’kidlanganidek, deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida va to‘liq javob berish — davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlaydi.