Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Ko’p qavatli uylarda xavfsizlik holati deputat tomonidan o’rganildi. Aholining tinch va osuda hayotini ta’minlash, xavfsiz yashash muhitini yanada mustahkamlash maqsadida ko’p qavatli uylardagi xavfsizlik holati yaxshilandi.
Ko'p qavatli uylardagi xavfsizlik holati L.Avezova hamda U.Samandarov tomonidan o'rganildi. Uy-joylarning texnik holati, yong'in xavfsizligi, zamonaviy xavfsizlik tizimlari, podyezdlarning tozaligi hamda liftlar o'z vaqtida tekshirildi. Ayni jahatlar – evakuatsiya yo'laklarida buyumlar saqlash, eskirgan elektr simlar, aholi bilan tushuntirish ishlari kabi kamchiliklar aniqlangan. Shuningdek, kirish-chiqish joylaridagi videokuzatuv kameralari ham o'rganildi. Kamchiliklarni qisqamuddatlarda bartaraf qilish bo'yicha mas'ul tashkilotlarga topshiriqlar berilgan. Xulosa sifatida, xavfsizlikni ta'minlash uchun fuqarolar bilan hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.Cocoon AI Summary

Aholining tinch va osuda hayotini ta’minlash, xavfsiz yashash muhitini yanada mustahkamlash maqsadida ko’p qavatli uylardagi xavfsizlik holati 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda tuman qurilish va uy joy kommunal xo'jaligi bo'limi bosh muxandisi U.Samandarovlar tomonidan atroflicha o’rganildi. O’rganish jarayonida uy-joylarning texnik holati, muhandislik tarmoqlari, yong’in xavfsizligi, jamoat tartibi, shuningdek, zamonaviy xavfsizlik tizimlari qamrovli tahlil qilindi.

Jumladan, podyezd va yo’laklarning tozaligi, yoritilishi hamda evakuasiya chiqish yo’llarining doimo ochiq va to’siqlarsiz bo’lishi ko’zdan kechirildi. Ayrim holatlarda evakuasiya yo’laklarida turli buyumlar saqlanayotgani aniqlanib, bu kabi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Elektr va gaz tarmoqlarining holati ham alohida o’rganilib, eskirgan simlar va nazoratsiz qolgan jihozlar yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan profilaktik tekshiruvlarni kuchaytirish va aholi o’rtasida xavfsizlik qoidalari bo’yicha tushuntirish ishlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Liftlardan foydalanish xavfsizligi ham diqqat markazida bo’ldi. Ularning texnik holati, o’z vaqtida xizmat ko’rsatilishi, avariya holatlarida tezkor aloqa vositalarining ishlashi tekshirildi. Bolalarning liftdan nazoratsiz foydalanishini oldini olish bo’yicha ham ogohlantirish ishlarini kuchaytirish lozimligi aytildi.

Shuningdek, ko’p qavatli uylarda zamonaviy xavfsizlik tizimlari – kuzatuv kameralari va qo’riqlash xizmati faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Kirish-chiqish joylarida o’rnatilgan videokuzatuv kameralarining ishlash holati, ular orqali hududdagi vaziyatni nazorat qilish imkoniyatlari o’rganildi. Kameralar yetarli darajada o’rnatilmagan yoki nosoz bo’lgan hududlarda ularni ko’paytirish va yangilash bo’yicha tavsiyalar berildi.

Qo’riqlash xizmati faoliyati ham tahlil qilinib, tungi vaqtda navbatchilikni kuchaytirish, begona shaxslarning hududga kirishini cheklash, aholi xavfsizligini ta’minlashda tezkorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu orqali jinoyatchilik va turli noxush holatlarning oldini olish mumkinligi qayd etildi.

O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va boshqaruv kompaniyalariga aniq vazifalar yuklatildi. Muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda aholi bilan hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

Xulosa qilib aytganda, ko’p qavatli uylarda xavfsizlikni ta’minlashda nafaqat mas’ul idoralar, balki har bir fuqaroning ham faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Mazkur yo’nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, doimiy deputat nazoratida bo’lishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1