Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Parklar holati deputat e’tiborida Aholi uchun dam olish, hordiq chiqarish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan park va yashil hududlarning holatini deputat atroflicha o’rgandi.

Aholi uchun dam olish, hordiq chiqarish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan park va yashil hududlarning holati 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov tomonidan atroflicha o’rganildi. O’rganish jarayonida hududlardagi obodonlashtirish ishlari, ko’chatlar parvarishi, gulzorlar holati, yo’laklar va o’rindiqlarning sifatli o’rnatilgani, shuningdek, aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko’zdan kechirildi.

Shu bilan birga, parklarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish, yoritish tizimi va xavfsizlik choralarining holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

Deputat ta’kidlaganidek, aholining mazmunli dam olishi uchun qulay va obod muhit yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, parklar holatini muntazam nazorat qilish, ularni yanada obod va ko’rkam maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bunday o’rganishlar esa hududlarda aholi farovonligi va turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.

  

Slide 1 of 1