Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 15-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat Buvsara Karabekova tomonidan hududlardagi transport infratuzilmasi holati tahlil qilinmoqda va o‘rganilmoqda.
🔍O‘rganishlar natijasida "Nurafshon" MFYdagi quyidagi ko‘chalarning jami 560 metr qismi shag‘allashtirilmay, tuproq yo‘l holatida qolib ketganligi aniqlandi:
📍Turkiston ko‘chasi – 360 metr;
📍Yashnaobod ko‘chasi – 110 metr;
📍Ko‘kdala ko‘chasi – 90 metr.
Yog‘ingarchilik mavsumida ushbu ko‘chalarda suv to‘planib, loy bo‘lishi natijasida fuqarolar va avtotransport vositalari harakatlanishida jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur holat yuzasidan hududda yashovchi aholi tomonidan ham murojaatlar kelib tushgan.
✅ Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo‘llarni shag‘allashtirishda amaliy yordam berish va muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i O.Xolmonovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.