Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
Xalq deputatlari viloyat va Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova hamda Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda tuman Kengashi deputatlari Sh.Norsayev va Shafoatova Gulshod tomonidan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosi doirasida belgilangan vazifalarni manzilli o‘rganish va tizimli nazoratini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida hududlarda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda olib borilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Termiz tumani “At-Termiziy” MFY hududidagi 22-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur loyiha uchun tegishli mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlari belgilangan muddatlarda boshlangan. Hozirda qurilish jarayonlari reja asosida davom etmoqda. 

Slide 1 of 5