Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
TERMІZ SHAHRI EKOLOGIYASI VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Termiz shahrida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahallada harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi murojaatlarini ijobiy hal etildi
янв.21
MAHALLA TIZIMI SAMARADORLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “BOG‘ZOR”DA TAHLILIY MULOQOT
янв.21
Mahalla — islohotlar ko‘zgusi: “O‘zbekiston” mahallasi faollari bilan muloqot
янв.21
Muammoni eshitish emas, ko‘rish va hal etish — deputatning asosiy vazifasi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
“Ochiq budjet”: Xalq tanlagan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat nazoratida: "Guliston" mahallasi tahlil qilindi
Jomboy tumanida Oliy Majlis Senati vakillari tashrifi bo‘lib o‘tmoqda

Jomboy tumanida Oliy Majlis Senati vakillari tashrifi bo‘lib o‘tmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich hamda Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Abdullayev Bahrom Ismoilovichlar boshchiligidagi ishchi guruh Jomboy tumaniga ishchi tashrif amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida ularga Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi Negmatov Shuxrat Xudoyberdiyevich hamrohlik qildi.

Ishchi guruh a’zolari Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Kengash deputatlari va xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi atroflicha o‘rganildi. Deputatlarning masalalarni o‘rganish, tahlil qilish va nazorat faoliyatini samarali tashkil etish uchun yetarli sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6