Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilari amalga oshiriyotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati U.Artikova Muzrabot tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” mahallasidagi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning murojaatlarini mahallaning o‘zida hal etish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda. “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga mahalladagi har bir yoshning ijtimoiy, iqtisodiy hamda salomatlik holati yuzasidan ma’lumotlar doimiy kiritilishi imkoni yaratilganligi yoshlarni qiynayotgan savollarga javob topishni yanada yengillashtirdi. Yoshlar qanchalik bilimli, kasbli va hunarli bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti shuncha taraqqiy etadi. Bu borada yetakchilar yoshlarga yaqin do‘st, maslahatgo‘y va ko‘makdosh bo‘lmoqda.

Ushbu mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan joriy yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimli ishlar amalga oshirib kelmoqda. “Buyuk ipak yo‘li ” mahallasida yoshlar jami 673 nafar yosh ro‘yxatga olingan. Shundan “Yashil” toifadagi yoshlar 424 nafar (63%), “Sariq” toifadagi yoshlar 229 nafar (34%), “Qizil” toifadagi 20 nafarni (3%) tashkil etadi.

Bugungi kun holatiga “Yoshlar daftari” elektron platformasiga band bo‘lmagan va muammosi bor 13 nafar yoshlar ro‘yxatga kiritilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 12 nafariga yordam turlari ko‘rsatildi va 12 nafarining bandligi ta’minlangan. Shundan, 1 nafari banddligini ta’minlash va muammoni hal etish jarayonida. O‘rganishlar yakunida deputat mahalladagi har bir yoshning muammo va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida alohida chora-tadbirlar belgilab olish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 7