Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
"O‘zbekiston" mahallasida I chorak sarhisobi: bandlik va tadbirkorlik e’tiborda
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Muammo nazoratga olindi: “Tinchlik” mahallasidagi chorraha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Deputat mahallaga tashrif buyurib, holat bilan tanishdi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Abduxalil Mamadiyev saylov okrugidagi O’ray Elipok mahallasiga tashrif buyurib, aholi turmush sharoiti hamda mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.

Tashrif chog‘ida hududdagi infratuzilma masalalari, ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish ishlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining faoliyati hamda aholiga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Deputat tashrif yakunida mahalladagi dolzarb masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini shakllantirishini ma’lum qildi hamda aholi bilan muntazam muloqot davom ettirilishini ta’kidladi.

Abduxalil Mamadiyev

Toyloq tuman Kengashi deputati.

Slide 1 of 2