Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Ishchi guruh nega taʼlim muassasalarida?

Toyloq tumanida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish jarayonlarini chuqur o‘rganish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tuzildi.

Mazkur ishchi guruhga Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari rahbarligida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi qoshidagi Ekspert guruh vakillari hamda jamoatchilik a’zolari jalb etildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar natijasida ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, bolalar salomatligini mustahkamlash hamda ota-onalar ishonchini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy chora-tadbirlar belgilanadi. Shuningdek, autsorsing xizmatlarini tashkil etish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga to‘yimli, xavfsiz va sifatli taomlarni taqdim etish orqali ularning sog‘lom o‘sishiga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdir. 

Slide 1 of 5