Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
2025 yil 10-oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yuzasidan MA’LUMOT

 2025 yil 10-oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yuzasidan MA’LUMOT 

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati rahbarligida
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputatlari, Sanitariya-epidemiologiya
osoyishtalik bo‘limi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi qoshidagi Ekspert guruhi
vakillari tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining taomnomalar
sifati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, ovqat tayyorlash sharoitlarini
tahlil qilish, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli
saqlanishi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
 

O‘rganish natijasi bo‘yicha tumanda joylashgan 5-15-17-23-47-sonli
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari saqlanish
holatlari qoniqarli ahvoldaligi hamda sifati tez buziladigan mahsulotlarga muzlatkichlar
yetarli ekanligi aniqlandi, Autsorsing bo‘yicha kirim-chiqim daftarlari
doimiy ravishda yuritilib kelinmoqda. Tarbiyalanuvchilarga pishiriladigan
ovqatlarning menyusi bo‘yicha ovqat tayyorlangani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qishki mavsumni betalofat o‘tkazish
uchun tegishli choralar belgilangan, muassasaning hududini obodonlashtirish
ishlari joyida, sanitar-gigiyena qoidalariga amal qilinib kelinmoqda.
 

47-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
hududining atrofi to‘liq oʻralmaganligi ma’lum bo‘ldi.
 

Shuningdek, tumandagi ayrim 21- va 61-sonli davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing bo‘yicha qilingan ishlar
qoniqarli darajada emasligi, muassasa xodimlari yetarlicha ma’lumotga ega
emasligi ma’lum bo‘ldi.
 

61-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sanitariya-gigiyena
qoidalariga amal qilinmaganligi, hojatxonalar qoniqarsiz ahvoldaligi (xlorlanmagan),
qo‘l yuvgichlar yaroqsiz holatdaligi ma’lum bo‘ldi. Gaz ta’minoti yo‘qligi sababli
ovqat sanitariya talablariga rioya qilinmasdan tashqarida o‘choqda pishirilayotganligi
aniqlandi. Mazkur muassasaning direktori o‘qishdaligi, hamshira mehnat
ta’tilida bo‘lganligi sababli tegishli ma’lumotlar mudira o‘rinbosari tomonidan
taqdim qilinmadi. Yong‘in xavfsizligi burchagi qoniqarsiz holatda.
 

21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham
yuqorida qayd qilingan xato kamchiliklar mavjud.
 

Yuqorida qayd qilingan xato va kamchiliklar qayta
takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
 

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati F.Sirojdinov 

Slide 1 of 10