Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi muammolarni aniqlash va noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

 Jomboy tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan
maktabgacha ta’lim muassasalarida mavjud shart-sharoitlar, tarbiyaviy
jarayonlar sifati hamda bolalar xavfsizligi masalalarini o‘rganish ishlari olib
borildi.
 

O‘rganish jarayonida deputatlar bir qator maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bo‘lib, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena holati,
ovqatlanish sifati, tarbiyachilar faoliyati, shuningdek, bolalar bilan
ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bilan yaqindan tanishdilar.
 

Tahlillar davomida ayrim muassasalarda binolarning ta’mirtalab holatda
ekani, o‘yin maydonchalari va isitish tizimlarining talab darajasida emasligi,
shuningdek, tarbiyachilar soni yetarli emasligi kabi muammolar aniqlanib, ular
bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
 

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar
uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish, pedagog xodimlar mehnatini
rag‘batlantirish borasida tegishli idoralar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi belgilandi.
 

Mazkur o‘rganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida
muhokamaga qo‘yilib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq qaror va topshiriqlar
belgilanishi rejalashtirilgan.
  

Slide 1 of 6