Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
“Ochiq budjet”: Xalq tanlagan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat nazoratida: "Guliston" mahallasi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi va "yettilik" faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!
янв.21
Maktabdagi muammo hal etildi: Deputat amaliy yordami samarasi
янв.21
Ijtimoiy adolat va xalq roziligi — ustuvor yo‘nalish!
янв.21
Ko‘p qavatli turar-joy qurilishi jarayoni monitoring qilindi
янв.21
Termiz shahrida zamonaviy shaharsozlik: investitsiya loyihalari amalda!
янв.21
Mahallada o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan muammolar joyida borib o‘rganildi
DEPUTAT UCHRASHUVI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Tavasharov Hamro Ziyayevich tomonidan joylardagi ijtimoiy sohalar faoliyatini o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish va mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida amaliy tashrif uyushtirildi. 

Ushbu tashrif doirasida deputat “Shaqarqamish” va “Yakkatut” mahallalarida joylashgan 22-sonli va 49-sonli umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida maktablardagi ta’lim jarayoni, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, ta’mirlash ishlari va obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, deputat mazkur mahallalardagi mahalla faollari, mahalla raislari, hududiy profilaktika inspektorlari va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida aholining turmush darajasini oshirish, hududdagi obodonlashtirish ishlarini yaxshilash, maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirish, yoshlar bilan ishlash, aholini ish bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Tavasharov Hamro Ziyayevich tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy sohadagi islohotlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklatildi. 

Bu kabi uchrashuv va tashriflar mahallalardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10