Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda 

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati T.Berdiyevning Termiz shahar “Pattakesar” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot davomida deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi. Ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish yuzasidan shahardagi tegishli korxona va tashkilotlarga bir qator deputatlik so‘rovlari yuborilganligi hamda ijrosi nazoratga olinganligini ta’kidlandi. 

Uchrashuv yakunida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi. Shuningdek, deputat Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida “Pattakesar” saylov okrugida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Slide 1 of 3