Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
deputat_vazifalaridan
"DOLZARB 90 KUNLIK"

2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’limning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilindi. Ushbu dastur yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Yu.Murodov o‘z saylov okrugida joylashgan 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib,yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni kengaytirish, maktab o‘quvchilari bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi bilan tanishdi va bu borada amaldagi ishlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 2