Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Dilorom Safarova “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, kommunal to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan savollarga deputat tomonidan batafsil javoblar berildi.

 Tadbirda to‘lovlar tizimidagi mavjud muammolar, narxlar shakllanishi, to‘lovlarni amalga oshirishdagi texnik qiyinchiliklar kabi masalalar ko‘tarilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida deputat kommunal sohadagi mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish, aholining haqli e’tirozlariga yechim topish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.                                                                                       

Slide 1 of 1