Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Mahalliy sanoatni rivojlantirish – keng imkoniyatlar eshigi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti S.Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari va unda belgilangan eng ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati shahrimizdagi mahallalarda qizg‘in
o‘rganilmoqda. Jumladan, muhtaram yurtboshimizning bugungi tahlikali va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rishi lozimligi borasida ta’kidlagan tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga e’tibor qaratganliklari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sanoat, eksport va tushum bo‘yicha “respublika – tarmoq – viloyat – tuman” vertikal tizimidagi masalalar o‘z vaqtida va to‘liq hal qilinsa, sanoatda yana o‘sishga erishish mumkinligi qayd etilib, tanqidiy sarhisobda Bekobod shahrida ham hududiy korxonalarning kam mahsulot ishlab chiqarganligi hisobiga eksport kamayganligi ma’lum bo‘ldi.
Bugungi kunda shaharda sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksportni belgilangan topshiriq ko‘rsatgichlariga chiqish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Bularning barchasi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilishi va amalga oshirilishi xalqimizning manfaatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning “drayver” sohalari oshishiga olib keladi.

Dilshod VAXOBJONOV, Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati, doimiy komissiya raisi.