Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
O‘RQ-668-sonli Qonun “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
янв.21
Haqqoniy baho: "Turon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
“Turon” mahallasida nazorat: Bsk faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi
янв.21
Muammolar yechimi va samarali muloqot: “Do‘stlik” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
янв.21
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
Faoliyatda samaradorlik va mas’uliyat: Deputatlar ishi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 25-26-may)
O‘zbekiston va Vengriya: Strategik sheriklikning yangi bosqichi!

O‘zbekiston va Vengriya: Strategik sheriklikning yangi bosqichi!

2025-yilning 20-may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasidagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yangi strategik bosqichga
ko‘tardi. Bu uchrashuv ikki davlatning uzoq muddatli hamkorlik rejasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 

Uchrashuv davomida iqtisodiy sohadagi hamkorlik asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Yaqin kelajakda o‘zaro tovar
ayirboshlash hajmini 500 million yevroga yetkazish rejalashtirilgan. Yangi mexanizmlar, jumladan, sertifikatlashtirish tizimi va Yevropa Ittifoqi talablariga mos laboratoriyalarning akkreditatsiyasi, eksportni qo‘llab-quvvatlash platformalarining ishga tushirilishi muhokama qilinganining o‘zi ham kishini
quvontiradi. Vengriyaning “OTP” banki O‘zbekiston moliya bozoriga kirib kelgani, iqtisodiy aloqalarning yangi sahifasini ochmoqda. Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, avtokreditlash va sanoat loyihalarini
rivojlantirishga doir bitimlar ushbu hamkorlikning mustahkam iqtisodiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Madaniy aloqalar ikki davlatning tarixiy va madaniy boyliklarini yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Lakitilek shahrida Alisher Navoiy byusti ochilganligi va Budapeshtda O‘zbek kinosi kunlari tashkil etilgani ana shunday sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir. Kelgusi yilda “O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili”ni o‘tkazish, shuningdek, “Lazgi” baletini sahnalashtirish va Budapeshtda O‘zbek madaniyati ko‘rgazmasini tashkil
qilish rejalari bu boradagi yutuqlarni yanada boyitadi. “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasida o‘zbek talabalarining Vengriya oliygohlarida tahsil olishi ikki davlatning ta’lim sohasidagi hamkorlik salohiyatini namoyish etmoqda.
Endilikda o‘zaro tan olinadigan diplomlar tizimini joriy qilish va O‘zbekistonda Vengriya universitetlari filiallarini ochish masalalari muhokamada turibdi. Xulosa o‘rnida shuni taʼkidlash joizki, O‘zbekiston–Vengriya
munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Siyosiy iroda, iqtisodiy manfaatdorlik va madaniy yaqinlikning uyg‘unligi bu munosabatlarni mustahkamlamoqda. Ushbu strategik hamkorlik ikki davlat manfaatlari va Markaziy Osiyo–Yevropa integratsiyasiga xizmat qiladigan muvaffaqiyatli model sifatida rivojlanmoqda.

Xalq deputatlari Muborak Kengashi deputati Jo‘rayeva Gulchehra Fayzullayevna