Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
O‘RQ-668-sonli Qonun “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
янв.21
Haqqoniy baho: "Turon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
“Turon” mahallasida nazorat: Bsk faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi
янв.21
Muammolar yechimi va samarali muloqot: “Do‘stlik” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
янв.21
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
Faoliyatda samaradorlik va mas’uliyat: Deputatlar ishi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 25-26-may)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya davlatiga tashrifi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya
davlatiga tashrifi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Sloveniya
Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan ushbu
mamlakatga rasmiy tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizning
Yevropa bilan aloqalarni mustahkamlashda yangi bosqich bo‘ldi.
 

Zero, uning doirasida davlatimiz rahbari Sloveniya Respublikasi
Prezidenti Natasha Pirs Musar, Bosh vaziri Robert Golob va Sloveniya
Respublikasi Milliy assambleyasi Raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan
sermazmun muzokaralar olib bordi. Siyosat, iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat
kooperatsiyasi, ekologiya, madaniyat, turizm va ta’lim sohalarini qamrab olgan
keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
 

Rasmiy tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida Qo‘shma bayonot,
shuningdek diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish, ta’lim,
fan va madaniyat, transport va logistika, "aqlli" shaharlarni
boshqarish, standartlashtirish, suv resurslarini boshqarish hamda turizm
sohalarida hamkorlik yuzasidan tegishli hukumatlararo va idoralararo bitimlarning
salmoqli to‘plami qabul qilindi.
 

So‘nggi 20 yil ichida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston — Sloveniya
sammiti ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
 

Ikki mamlakatning 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari
ishtirokidagi O‘zbekiston — Sloveniya biznes forumi esa, o‘zaro manfaatli
savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika,
elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida
kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
 

Xususan, biznes forumi doirasida O‘zbekistondan to‘qimachilik,
meva-sabzavotlar, mineral o‘g‘itlar, mis mahsulotlari va boshqa sanoat
tovarlari, Sloveniyadan esa dori-darmonlar, ilg‘or texnologiyalar va uskunalar
yetkazib berish, Sloveniyaning "Koper" porti salohiyatidan
mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishi uchun logistika xabi
sifatida foydalanish, yetakchi kompaniyalar bilan Sanoat kooperatsiyasi
dasturini qabul qilish hamda zamonaviy asbob-uskunalar, sanoat va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, farmatsevtika mahsulotlari, shu
jumladan asal va shifobaxsh giyohlarga asoslangan dori ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish, energetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish
bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
 

Natijada tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va uning hajmini, eng
avvalo, mahsulotlar turini kengaytirish va import o‘rnini bosish hisobiga
birinchi bosqichda 500 million yevroga yetkazish mo‘ljallandi.
 

Davlatimiz rahbarining Sloveniya Milliy assambleyasi Raisi Urshka
Klakochar-Zupanchich bilan uchrashuvida O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasidagi
ko‘p qirrali munosabatlarni, shu jumladan ikki mamlakat parlamentlari
darajasida yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 

Keyingi yillarda
parlamentlararo almashinuvlar faollashgani, ikki mamlakat parlamentlarida
“do‘stlik guruhlari” tashkil etilgani qayd etildi. Qo‘shma loyihalarni
qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish uchun sohaviy qo‘mitalar darajasida
parlamentlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek gumanitar hamkorlikni
qo‘llab-quvvatlashda, jumladan madaniyat va kino kunlari, ko‘rgazmalar
o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvlarni
rivojlantirishda parlamentlarning ko‘magi zarurligi urg‘ulandi.
 

Shuningdek, Samarqand shahrida
Birinchi O‘zbekiston — Sloveniya parlamentlararo forumini o‘tkazish taklifi
bildirilib, parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha
qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
 

Umuman olganda, davlatimiz
rahbarining ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi savdo-iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish bilan birga, O‘zbekiston — Sloveniya munosabatlarini yangi
bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
 

  

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman
Kengashi kotibiyati mudiri
G‘.Xo‘jamqulov

Slide 1 of 1