35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan Ganjiravon mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar atroflicha tinglanib, har bir murojaat bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ularning taklif va mulohazalari eshitilib, murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Xususan, qabul davomida fuqaro D.Turdiyev tomonidan kadastr masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaatda yerga oid huquqiy masalani qonunchilik asosida hal etish hamda tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish so‘raldi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalaga huquqiy baho berish hamda uni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4