35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan Ganjiravon mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar atroflicha tinglanib, har bir murojaat bo‘yicha qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli tushuntirishlar berildi.

Xususan, fuqaro O.Yuldashev tomonidan mahalla hududida daydi hayvonlar sonining keskin ortib borayotgani, bu holat fuqarolar, ayniqsa yosh bolalar xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgani hamda sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaat bildirildi. Fuqaro mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Murojaat deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, masalani vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarga qonuniy va amaliy yechim topish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2