35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat F.Mamajonov saylangan "Aziztepa" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tiliga oid qonunchilik talablarining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada ish yuritish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, tashqi va ichki yozuvlar, axborot lavhalari hamda fuqarolar bilan muloqotda davlat tilidan foydalanish holati o‘rganildi. Shuningdek, qonun talablariga rioya etish, davlat tilining nufuzini yanada oshirish hamda ish yuritishda yagona me’yorlarga amal qilish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3