35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida Alisher Navoiy mavzesi 96-uy, 17-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Matmusayeva Madinahon o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatini rivojlantirish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Axmedov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Matmusayeva Madinahonni subsidiya asosida tikuv mashinasi bilan ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda qabul qilinadigan qarorlar haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2