35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
AKBAROBOD MAHALLASIDA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini saqlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi xavfsiz muhit, ijtimoiy barqarorlik, obodonlashtirish, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda xavfsizlik choralarining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✅ Akbarobod mahallasida fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, xavfsiz muhitni mustahkamlash va aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1