35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

#24_ta_masala

📌 Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

👨‍💼Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati M.Xolova tomonidan 13-Kichikmundiyon saylov okrugi hududida joylashgan 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

⌛Tashrif davomida guruh xonalari, o‘yin maydonchalari, ovqatlanish va dam olish hududlari, tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, sog‘lom va barkamol rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

⌛Deputat tomonidan muassasa hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganilib, hududni yanada ko‘rkamlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

⌛Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash hamda muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube