Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashiga O‘zLiDePdan 13-Karmana saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Halilova Tursunoy Abduhalimovna tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, o‘quvchi-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘rgatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, deputat T.Halilova hamda “Beshkent” MFY xotin-qizlar faoli hamkorligida, mahallalardagi maktab bitiruvchi qizlarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida maxsus loyiha tashkil etildi. Loyiha doirasida “Beshkent” va “Farhod” mahallasida istiqomat qiluvchi o‘quvchi-qizlar “BAXT QASRI” o‘quv markazi tomonidan “Yordamchi tarbiyachi” kasbi bo‘yicha bepul o‘qitildi.
davomida qizlar tarbiyachilik kasbining o‘ziga xos sir-asrorlari, bolalar bilan ishlash metodikasi hamda kelajakda oilada farzand tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan muhim bilim va psixologik ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Tantanali yakun va rag‘bat: O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchi-qizlarga sertifikat va faxriy yorliqlar topshirildi. Mazkur marosimda “BAXT QASRI” o‘quv markazi direktori M.Raxmatova, o‘qituvchi, trener-psixolog G.Aslonova hamda maktab maslahatchisi D.Djurayevalar hamkorlikda ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘quv jarayonida alohida faollik ko‘rsatgan qizlar deputat va tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, farzandlarining ilm va kasb egallashiga sharoit yaratib bergan ota-onalarga alohida tashakkurnomalar topshirildi.
Deputat T.Halilovaning ta’kidlashicha, qiz bola kasb-hunarli bo‘lsa, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va kelajakda ma’rifatli ona bo‘lib voyaga yetishi juda oson kechadi. Shu bois, hududlarda o‘quvchi-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 8