Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 18-Xonchorbog‘ saylov okrugiga saylangan deputat Ro‘ziqulova Dilobar Sirojevna "Xonchorbog‘" mahallasida bo‘lib, hududda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligini o‘rgandi.
Deputat o‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish rejasi, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda "Yoshlar daftari" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat davomida yoshlar yetakchisining mahalla yoshlari bilan qay darajada aloqa o‘rnatgani, ularning muammolarini hal etishdagi faolligi va ilgari surayotgan tashabbuslari tahlil qilindi.
O‘rganishning asosiy maqsadi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchilik va muammolarni birgalikda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iborat.
Deputat D.Ro‘ziqulova o‘g‘il-qizlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb qilish borasida yoshlar yetakchisiga o‘zining zarur tavsiya va maslahatlarini berdi. Bu kabi o‘rganishlar hududda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 3