Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTATLAR TOMONIDAN UMUMTA’LIM MAKTABIDAGI TA’LIM SIFATI O‘RGANILDI

Tashrif davomida deputatlar maktab faoliyati, o‘quv jarayoni, sinf xonalari va ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Dastlab, maktabda amalga oshirilayotgan har bir metodik ish, o‘tkazilayotgan yig‘ilishlar va erishilgan yutuqlarni kelajak avlod hamda hamkasblar uchun esdalik sifatida saqlash maqsadida tashkil etilgan “Uslubiy birlashma fotoalbomi” deputatlar diqqatini tortdi. Ushbu albomlar maktab hayotining unutilmas lahzalarini jamlagan.

 O‘rganish davomida maktab binosi hamda har bir sinf zamonaviy tarzda jihozlanganligi, o‘quvchilar sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulayliklar mavjudligi, davr talabi bo‘lgan zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi guvoh bo‘ldilar.

 Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy suhbatda ta’lim-tarbiya jarayoni, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 Shuningdek, uchrashuv davomida deputatlar o‘quvchilar va maktab jamoasi bilan kelgusidagi rejalar xususida suhbatlashdilar.

 Tashrif yakunida deputatlar maktabdagi kitobsevar, faol o‘quvchilarga o‘z shaxsiy kutubxonalaridan badiiy kitoblar sovg‘a qildilar.

 Mazkur tashrif ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va maktab hayotini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1