Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Mahalladagi muammolar deputat va “yettilik” ishtirokida tinglandi

Mahalladagi muammolar deputat va “yettilik” ishtirokida tinglandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan hududda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida mahallada uchrashuv tashkil etildi.

Hozirgi kunda mazkur mahallada mahalla raisi lavozimi vakant bo‘lib turganligi sababli ayrim masalalar o‘z vaqtida hal etilmayotgani aholi tomonidan bildirildi.

Mazkur muammolarni joyida o‘rganish va fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida hudud deputati A.Avliyakulov, Mahalla uyushmasi rahbari R.Alixanov hamda “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan “Open budjet” platformasiga kiritilgan loyiha haqida ham ma’lumot berilib, ushbu loyihani g‘oliblikka olib chiqish uchun mahalla fuqarolari birgalikda faol harakat qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Ayni paytda mazkur loyiha bo‘yicha ovoz berish jarayonlari boshlanganligi ham aholiga yetkazildi hamda fuqarolarni faol ovoz berishga chaqirildi.

Slide 1 of 3