Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
KICHIK TOMORQADAN KATTA RIZQ YOHUD TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonuni ijrosini nazorat qilish hamda mazkur qonunning maqsad va vazifalarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Atayeva “Shodlik” mahallasida o‘rganish olib bordi. 

Deputat D.Atayeva o‘rganish davomida mahalla hududidagi uy tomorqasidan unumli foydalanib, ham oilasini sifatli mahsulot bilan ta’minlayotgan, ham qo‘shimcha daromad olayotgan namunali xonadonlar tajribasi bilan tanishdi. 

Xususan, tomorqada yetishtirilayotgan ekinlar turi, yerning unumdorligini oshirish usullari va mahsulot yetishtirishning o‘ziga xos sirlari yuzasidan xonadon egalari bilan muloqot o‘tkazildi. Deputat D.Atayeva tomorqa egalariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, tomorqa xo‘jaligi egalarining huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berdi. 

Uchrashuv yakunida mahalla aholisiga har bir qarich yerdan oqilona foydalanish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish va "bir marta emas, bir necha marta hosil olish" tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1