Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan “Chorchinor” mahalla fuqarolar yig‘inining Saxovat ko‘chasida bolalar sport maydonchasini barpo etish masalasi vakolatli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Javobga ko‘ra, sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha mazkur tashabbusni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bolalar sport maydonchalarini qurish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarori asosida hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasida qatnashib g‘olib bo‘lish orqali moliyalashtirilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala vakolatli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilganini hamda hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaldagi tartib va imkoniyatlar yuzasidan tegishli tushuntirish berilganini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi