Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning tinch va xavfsiz hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktika tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining qamrov darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, videokuzatuv tizimlaridan yanada samarali foydalanish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2