Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Oilaviy tadbirkorlik va bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi A.Mo‘ydinovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

Hokim yordamchisi A.Mo‘ydinov tomonidan ma’lum qilinishicha, “Chodaklik” MFYda 107 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, olib borilgan tizimli ishlar natijasida 90 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan, 13 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgan, 1 nafar fuqaroga subsidiya olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan hamda 9 nafar fuqaro vaucher tizimi orqali kasb-hunarga o‘qitilgan.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish tartibi, kasb-hunarga o‘qitish dasturlarining samaradorligi hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan batafsil fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3