Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA YOSHLAR, XAVFSIZLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA YOSHLAR, XAVFSIZLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag'och" okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tashabbusi bilan Beshqayrag‘och mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati hamda mahallada yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi. Mahalla hududida 2 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda mahalla yoshlarining aksariyati ta’lim olishi inobatga olinib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

🕯 Shuningdek, “Sog‘inch” loyihasi doirasida mahallaning 10 nafar yosh fuqarosi xorijda ekani, yoshlar yetakchisi J.Sindarov tomonidan ular bilan muntazam muloqot olib borilayotgani ma’lum qilindi.

📹 O‘rganish davomida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. PQ-1-son qarori doirasida mahallani videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish masalasi muhokama qilinib, mavjud 24 ta kameraga qo‘shimcha ravishda yana 36 ta turli rusumdagi, jumladan, PTZ, Face ID va boshqa zamonaviy kameralarni o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

🤩 Bundan tashqari, mahallaning 1-proyezd Nazarbek va To‘qimachi berk ko‘chalarida bolalar maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar ham o‘rganildi.

📈 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan okrug deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tomonidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va masalalarni nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 3