Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
"Inson qadri har narsadan ustun" – ezgu tamoyil amalda

"Inson qadri har narsadan ustun" – ezgu tamoyil amalda

🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Inson qadri har narsadan ustun". Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar markazida aynan inson manfaatlarini ta'minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, nuroniylar, xotin-qizlar va ehtiyojmand fuqarolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ustuvor vazifa etib belgilangan.

⚡️ Mazkur ezgu tamoyil ijrosi doirasida O‘zbekiston "Adolat" SDP Olmazor tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva hamda Toshkent shahar Kengashi deputati F. Akramova hamkorligida tashkil etilgan "Ayol qadri" tadbiri doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj keksa nuroniylar va faxriylar holidan xabar olinib, ularga mehr-oqibat va e'tibor ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.

✨Tadbir davomida yoshi ulug‘ insonlarning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi e'tirof etilib, ularga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Bu kabi ezgu tashabbuslar jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📚 Deputatlar tomonidan targ‘ib etilayotgan qonunlar:
🔹 "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun
🔹 "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun
🔹 "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun

🤝 Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, nuroniylarni e'zozlash va xotin-qizlarning huquq hamda manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5