Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida kun tartibidagi masalar.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida kun tartibidagi masalar.

2026-yil II chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish yo‘nalishida yil boshiga 819,9 million so‘m qoldiq mablag‘ mavjud bo‘lgan. Hisobot davrida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 12 milliard 737,6 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun 10 milliard 846,3 million so‘m ajratilgan bo‘lib, shundan 10 milliard 83,9 million so‘m bajarilgan ishlar uchun moliyalashtirilgan. Hisobot davri yakuniga ko‘ra, jamg‘armada 2 milliard 711,2 million so‘m qoldiq mablag‘ mavjudligi qayd etildi.

Tashabbusli budjetlashtirish doirasida tumanda jami 12 ta loyiha moliyalashtirildi. Jumladan:
🔹 2 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasiga 3 milliard 295,2 million so‘m;
🔹 7 ta umumta’lim maktabini ta’mirlash va jihozlash loyihasiga 5 milliard 267,6 million so‘m;
🔹 2 ta sog‘liqni saqlash muassasasini ta’mirlash va jihozlash loyihasiga 1 milliard 583,3 million so‘m;
🔹 1 ta boshqa ijtimoiy soha obyektini ta’mirlash va jihozlash loyihasiga 700,2 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan loyihalar natijasida hududlarda ijtimoiy infratuzilma yaxshilanib, aholining yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirish, ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirildi.